Ov muddati yakunlandi. Noqonuniy ov uchun qaʼtiy javobgarlik belgilangan!
05.
03. 2024
15:09
3813
Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq 28-fevraldan ov qilish muddati yakunlandi. Taqiq 15-avgustgacha davom etadi.

Ma'lumot uchun, ov mavsumi davrida noqonuniy ov bilan bogʻliq boʻlgan 1000 dan ortiq holat aniqlandi. Huquqbuzarlarga nisbatan esa qariyb 3 milliard so‘mga yaqin jarima va zararlar qo‘llanildi. Shuningdek, ulardan 837 ta hayvon va parranda, 2836 kg baliq, 160 dan ortiq noqonuniy ov qurollari olib qoʻyilgan.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi fuqarolardan cheklov vaqtida tabiatni muhofaza qilish qonunchilik talabalariga rioya etishni, shu bilan birga, qush ovi bo‘yicha berilgan ruxsatnomalarni ov muddati yakunlanganidan soʻng 10 kun muddatda Oʻzbekiston Ovchi va baliqchilar sport birlashmasi va uning boʻlinmalariga qonunda belgilangan tartibda topshirishlarini soʻraydi.

Muhim! 
Noqonuniy ov bilan bog‘liq qonun buzilishi holatlariga duch kelsangiz, Ekologiya vazirligining 11-57, 12-07 ishonch raqamlariga yoki vazirlikning hududiy boshqarmalarga murojaat qiling.

Unutmang! 
Noqonuniy ov uchun qaʼtiy javobgarlik belgilangan boʻlib, bu borada yuzaga keladigan har bir holat boʻyicha oʻrnatilgan tartibda qonun ustuvorligi taʼminlanadi.

Foydali manbalar