Elektron hukumat

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 
QARORI

«Elektron hukumat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida

O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi 728-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017 y., 38-son, 1037-modda)

Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratorining Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot bilan ta’minlash va rivojlantirish guruhining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda «O‘zinfokom» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazining Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot bilan ta’minlash va rivojlantirish guruhini zarur moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlasin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilsin.

5. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYoEV

Toshkent sh.,
2016 yil 3 iyun,
188-son


Foydali manbalar