Daraxtlarni sug‘orish haftaligi uyushqoqlikda o‘tkazildi
03.
08. 2020
10:20
5663
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda «Meros» xayriya jamoat fondi tomonidan mamlakat bo‘ylab tashkil etilgan «Daraxtlarni sug‘orish haftaligi» aktsiyasida surxondaryoliklar ham faol ishtirok etdi.

Aktsiya ko‘kalamzorlashtirish ishlari samaradorligini ta’minlash, aholining daraxtlarni to‘g‘ri parvarish qilish bo‘yicha bilimini oshirish hamda mamlakatimiz tabiatini asrab-avaylashga tegishli hissa qo‘shish maqsadiga qaratilgan.

28 iyuldan 2 avgustga qadar davom etgan tadbirda mahalliy hokimiyat organlarining tegishli tashkilotlari xodimlari, ko‘ngillilar karantin tartib-qoidalariga rioya etgan holda daraxtlarga suv berdi.

Aktsiya doirasida viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Ekologik partiya tashkiloti, Amudaryo dam olish maskani departamenti va Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ishtirokida Amudaryo dam olish maskani hududidagi daraxtlar ham sug‘orildi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA

Manba: http://uza.uz/oz/society/darakhtlarni-su-orish-aftaligi-...

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar