Kollej hududida chopilgan daraxtlar yuzasidan munosabat
19.
06. 2020
18:44
5794
Yangiliklar

Joriy yilning 17 iyun kuni Telegramm ijtimoiy tarmoqda tarqalgan «Navoiy viloyati Navbahor tumanidan yozmoqdamiz. Qalqonota mahallasida 5 gektar maydonni egallagan kasb–hunar kolleji bor. Kollejning hududidagi mevali daraxtlar chopilib, qisman stadionni ham buzib noqonuniy qurilish qilishmoqda. Prezident qaroriga ko‘ra, bog‘cha, maktab, kollej yerlari himoyaga olingan-ku! Xo‘sh, kollej hududini talon-toroj etishga kim ruxsat berdi? Prokuraturadan munosabat kutamiz» sarlavhali murojaat joriy yilning 18 iyun kuni Navbahor tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi inspektorlari tomonidan joyiga borib o‘rganildi.

O‘rganish davomida «Qolqonota» mahallasida joylashgan kollej va unga tutashgan fermer xo‘jaligiga chegaradosh yerda mavjud bo‘lgan 5 tup diametri 4-8 sm bo‘lgan «Shum-tol» daraxti fuqaro A.Jo‘raev tomonidan noqonuniy ravishda kesib tashlanganligi aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan fuqaro A.Jo‘raevga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan 1 mln 115 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi hamda 1 mln 672 ming 500 so‘m miqdorda tabiatga yetkazilan zarar hisoblanib undirishga qartildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar