Samarqand shahri Ro‘dakiy ko‘chasida nima gap?
18.
06. 2020
10:48
5674
Yangiliklar

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarining birida Samarqand shahri Ro‘dakiy ko‘chasida tunda yo‘l chetidagi daraxtlarni kesib ketishayotganligi aks etgan vidio lavha e’lon qilingan edi. Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida, Samarqand shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektsiyasining nazorat inspektorlari tomonidan surishtiruv o‘rganishi olib borildi.

Aniqlangan ma’lumotga ko‘ra, 2020 yil 13 iyun kuni tun yarmida Samarqand shahar Ro‘dakiy ko‘chasida joylashgan xatlovga olingan 1 tup 26 sm diametrli archa va 1 tup 33 sm diametrli tut daraxtini kesib ketishgan.

Samarqand shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektsiyasining nazorat inspektorlari tomonidan olib borilgan surishtiruvi natijasida aniqlangan qonun buzar «MESE YOL» MChJ hodimi Q.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasiga asosan, 1 115 000 (bir million bir yuz o‘n besh ming) so‘m jarima hamda 11 484 500 (o‘n bir million to‘rt yuz sakson to‘rt ming besh yuz) so‘m zarar aniqlanib, dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali 14 iyundan 15 iyunga o‘tar kechasi «MESE YOL» MChJ hodimi H.T. tomonidan 1 tub chinor daraxti noqonuniy kesib ketganligi aniqlandi. qonunbuzarga nisbatan qonunda belgilangan talablar tartibi asosida choralar ko‘rilgan edi.

«MESE YOL» MChJ hodimi H.T.ga nisbatan tabiatga yetkazgan zarari va kesilgan chinor daraxtining zarari qoplanib, o‘rniga 10 tub qimmatbaho navli daraxt ekish va parvarish qilish vazifasi yuklatilganligi haqida ma’lum qilgan edik.

Ammo, shundan kegin ham qonun buzarlar hulosa qilish o‘rniga 16.06.2020 yil kuni «MESE YOL» MChJ ish yurituvchisi E.Sh. tomonidan Samarqand shahar Ro‘dakiy ko‘chasida joylashgan 1 tup 42 sm diametrli chinor daraxti hamda 32 sm diametrli tut daraxtini kesib ketishganligi oshkor bo‘ldi.

Ogohlantirishlarga qaramay, qonunlarni mensimay qilgan xatti harakati uchun «MESE YOL» MChJ ish yurituvchisi E.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasiga asosan, 1 115 000 (bir million bir yuz o‘n besh ming) so‘m jarima hamda 18 174 500 (o‘n sakkiz million bir yuz yetmish to‘rt ming besh yuz) so‘m zarar aniqlanib dalolatnoma rasmiylashtirildi.
 

Samarqand viloyat Ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish boshqarmasi Axborot xizmati

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar