Ijtimoiy tarmoqdagi «Navoiy Kanal»ida e’lon qilingan axborot yuzasidan rasmiy munosabat
16.
06. 2020
10:39
5561
Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqdagi «Navoiy Kanal»ida Navoiy shahar Ibn Sino ko‘chasida joylashgan «Richard» restorani o‘rnida qurilish ishlari boshlangani va ko‘p yillik daraxtlar kesib tashlanish arafasida ekanligi, bundan viloyat Ekologiya boshqarmasi xabardormi, degan mazmunda axborot tarqatilgan.

Kanal ma’muriyatiga shuni ma’lum qilamizki, Navoiy shahar xududidagi davlat o‘rmon fondi yeriga kirmaydigan barcha daraxatlar viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan ro‘yxatga va doimiy nazoratga olingan. Agarda, ushbu nazoratda bo‘lgan daraxtlarni qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda ruxsat olmasdan noqonuniy kesish holati kuzatilsa javobgarlikka sabab bo‘ladi. Jumladan, «Richard» restorani mutasaddilari kelgusida bu kabi holatni keltirib chiqarmaslik yuzasidan rasmiy ogohlantirilgan.

Mavzuga yanada oydinlik kiritadigan bo‘lsak, haqiqatda «Richard» restorani ma’muriyati o‘ziga tegishli hududda qurilish ishlarini olib borish arafasida. Ammo, boshqarmamiz nazoratida bo‘lgan daraxtlar qurilish maydonidan 3 metr uzoqlikda joylashgan. Daraxtlar qurilish ishlariga umuman xalaqit bermaydi va daraxtlar to‘la asrab qolinadi.

Ushbu kanal rahbariyatini kelgusida bunday mazmundagi xolis, ishonchli hamda haqiqatga monand axborotlarni tayyorlash va keng yoritishda hamkorlikka chorlaymiz.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar