Sanitar tozalash xizmatlari sifatini oshirish yo‘lida
09.
06. 2020
20:25
6053
Yangiliklar

2020 yil 9 iyun kuni sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Islombek Boqijonov rahbarligida yigilish o‘tkazildi.

Majlisda maishiy chiqindilarni to‘plash va tashish bo‘yicha viloyatlardagi «Toza hudud» va Toshkent shahridagi «Maxsustrans» davlat unitar korxonalari tomonidan sanitar tozalash xizmatlari ko‘rsatilayotgan hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslarning atigi 18 foizi bilan shartnomalar tuzilganligi takidlab o‘tildi.

Tadbirda xizmatlar sifatini yaxshilash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda maxsus texnika harakatining on-layn nazoratini kuchaytirish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun yuridik shaxslardan shartnoma asosida undiriladigan to‘lovlar intizomini ta’minlash, xizmatlar bilan qamrab olingan hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslarni xatlovdan o‘tkazish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.
 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar