Surxondaryo viloyati: Atrof-muhit muhofazasi yo‘lida reydlar davom etmoqda
08.
05. 2020
16:19
5410
Ekanadzor

Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Bandixon tuman inspektsiyasi xodimlari tomonidan muntazam reydlar o‘tkazilib kelinmoqda. Reydlar davomida huquqbuzarlikni bartaraf etish ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Jumladan, «Obod turmush» mahallasida yashovchi shaxs A.E. tomonidan mahalla hududidagi ichki yo‘l yoqasiga uyidan chiqqan qattiq maishiy chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlayotgan paytda to‘xtatib qolindi.

Huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanildi.

Aziz yurtdoshlar! Hozirgi kunda barcha yerlarda axlat tashlash uchun alohida joylar qurilgan, qutilar qo‘yilgan. Shunday ekan, axlat va chiqindilarni maxsus joylarga tashlash lozim.

Unutmang, kishi poklikni o‘zidan boshlashi kerak!

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar