Jizzax viloyati: Nazorat-reyd tadbirlari davom etmoqda
06.
05. 2020
13:06
6443
Ekanadzor

Jizzax viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan joriy yilning 1 may kuni Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirida Tuzkon ko‘lining 100-konturi hududida Zafarobod tumani, «Chimqo‘rg‘on» QFYda yashovchi A.R., X.A., B.A. ismli fuqarolar tomonidan sanoat maqsadida baliq ovlash taqiqlangan vaqtda ularning noqonuniy baliq ovlaganliklari holati aniqlandi.

Huquqbuzarlar elektr qarmoq yordamida 23 dona, shundan 9 dona sazan, 14 dona karas baliqlari ovlagan, o‘z boshqaruvlaridagi avtomashinasining yukxonasidan esa 1 dona elektr qarmoq, 1 dona podsak (savatcha), 2 dona akkumlyator, 1 dona rezina qayiq, 1 dona qayiq eshkagi, 1 juft rezina etik, bir dona qo‘lbola fonar topilgan.

Huquqbuzarlarga nisbatan tabiatga yetkazilgan zarar 8 830 800 sum miqdorida hisoblandi. Hujjatlar sud organlariga jo‘natish uchun to‘planmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar