Farg‘ona viloyati: Reyd tadbirlari Farg‘ona viloyatida davom etmoqda
06.
05. 2020
12:40
6205
Ekanadzor

Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda Farg‘ona viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan ayni kunlarda viloyatning turli hududlarida tezkor reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston tumani «Jumavoy» chekka qishlog‘idan oqib o‘tgan So‘x daryosi o‘zani ichidan fuqaro Xakimov X. tomonidan noqonuniy ravishda qum shag‘al qazib olinayotganligi aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddasiga asosan 6 mln 690 ming so‘m miqdorida;

Rishton tumani «Chek Jalaer» qishlog‘idan oqib o‘tuvchi kolllektor muhofaza mintaqasidan, fuqaro Boboev I. tomonidan noqonuniy ravishda turpoq qazib olinayotganligi aniqlanib O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasiga asosan 2 mln 230 ming so‘m miqdorida;

Buvayda tumani «Jalaer» MFY xududidagi Zax qochirish zovuri bo‘yida Do‘smatov D. tomonidan noqonuniy ravishda turpoq qazib olinayotganligi aniqlanib O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasiga asosan 2 mln 230 ming so‘m miqdorida jarimalar belgilandi.
 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar