Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Olot tumani inspektsiyasi xodimlari tomonidan noqonuniy chiqindixonalarni bartaraf etish borasidagi ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Olot tumanida hosil bo‘lgan chiqindilarni olib chiqib ketish ishlariga Buxoro viloyati «Toza hudud» DUK xodimlari hamda ko‘ngilli fuqarolar, shuningdek tashkilotlarning texnikalari jalb qilindi. Chiqindilar hududlardan olib chiqilib, tuman markaziy chiqindixonasiga joylashtirilmoqda.
Bunda viloyat Ekologiya boshqarmasining xodimlari mahalliy aholi va ko‘ngillilar jonbozlik ko‘rsatishmoqda.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati