Sirdaryo viloyati: Tuman hokimi o‘rinbosari qonunlardan bexabarmi?
07.
04. 2020
20:42
7474
Yangiliklar

Sirdaryo tuman hokim o‘rinbosari X.Najmullaev buyrug‘i bilan «Sholikor» mahallasidagi 1 tup archa, 1 tup qayrag‘och daraxtlari kesib tashlangan. Soha xodimlari daraxt kesayotgan shaxslardan tegishli hujjatni talab qilganda, hujjatlar yo‘qligi, daraxtlarni kesish uchun tuman hokimi o‘rinbosari topshiriq berganini ma’lum qilgan. Endi savol tug‘iladi. Xo‘sh bundan mahalla raisining xabari bormidi? «Sholikor» mahallasi raisi R.Abduraimov daraxtlarni kesish mumkin emasligini tuman hokim o‘rinbosariga ko‘p marotaba tushuntirgan bo‘lsa-da,  ammo  X.Najmullaev o‘z vakolatini suiste’mol qilgan holda, «kim kelsa o‘zim javob beraman» qabilida javob bergan.

Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi nazorat inspektsiya xodimlari tomonidan tuman hokim o‘rinbosari X.Najmullaevga nisbatan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonun talablariga muvofiq tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 11 707 500 so‘m  hisoblandi. Hozirda to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar