Qizil kitobga kiritilgan cho‘l burgutini sotayotgan huquqbuzarga chora ko‘rildi
13.
03. 2024
15:13
2191
Yangiliklar

Joriy yilning 10-mart kuni Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Yashnobod tumani bo'limi davlat inspektorlari hamda Yangiobod bozori ma'muriyati tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. 

Reyd bozorda Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarning noqonuniy savdosiga chek qo'yish maqsadida amalga oshirildi. Tadbir davomida fuqaro S. A. tomonidan bir bosh cho‘l burguti sotilayotganligi aniqlandi. Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning besh barobari — 1 million 700 ming so'm miqdorida jarima belgilandi. 

Ayni damda burgutga Toshkent hayvonot bog‘ida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Salomatligi to‘liq tiklangach, tabiat bag‘riga qo‘yib yuboriladi. 

Ma'lumot uchun, cho‘l burguti zaif, qisqarib borayotgan tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi, TMXIning Qizil ro‘yxati va CITECning II ilovasiga kiritilgan. Ovlash taqiqlangan.

Foydali manbalar