Samarqand viloyati delegatsiyasi Dubayda bo‘lib o‘tayotgan COP28 — BMT Iqlim o'zgarishi to'g'risidagi konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 28-sessiyasida "Barqaror va yashil shaharlar" mavzusida taqdimot o‘tkazdi.
Shuningdek, tadbir doirasida viloyat hokimi o'rinbosari Xurshid Ochilov hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) barqaror rivojlanish bo‘yicha ijrochi direktori Nandita Parshad xonim o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda YTTB ko‘magida amalga oshirilayotgan Samarqand shahrining "Yashil shahar harakatlar rejasi" loyihasi muhokama qilindi. Shuningdek, jamoat transporti, elektrobuslar xarid qilish loyihasiga ham alohida e'tibor qaratildi.
Ma'lumot uchun, COP28 xalqaro iqlim forumi 12-dekabrgacha davom etadi.