Ayni damda yurtimiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxtlar ekilmoqda. Xususan, Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida ham daraxt ekish boshlandi.
Ma'lumot uchun, yurtimizda "Yashil makon" harakati boshlanganiga 2 yil boʻldi. Shu davrda 1 ming 200 gektardan ortiq yashil bogʻ va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etildi. 25-oktyabrdan 1-dekabrgacha esa “kuzgi daraxt ekish mavsumi” eʼlon qilindi. Bu mavsumda 85 million tup koʻchat ekilishi moʻljallangan.
Ta'kidlash joizki. Arnasoy tumanida yillar davomida foydalanilmay turgan dala chetlari, zovur atroflari hamda katta yoʻl boʻylari, qolaversa, 13 ta mahallada iqlim sharoitidan kelib chiqib tut, qayrogʻoch, terak, pavloniya kabi 12 ming 300 ta koʻchat ekildi.
Shuningdek, "Bobur" mahallasining "Chinor" koʻchasi katta yoʻl chetida 2 km masofadagi yerga 3 qator qilib 6 mingta tut hamda terak koʻchatlari ekildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Arnasoy tumanida joriy yilning bahor mavsumida 788 ming 200 ta koʻchat ekildi. Kuz mavsumida esa 525 ming 100 ta daraxt, buta koʻchatlari va qalamchalari ekish rejalashtirilgan.