Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni
10.
10. 2023
12:46
15728
Tadbirlar

Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni 1997 yilda Yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish markazi va Jahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi tashabbusi bilan ta’sis etilgan. Qo‘riqxonalar va milliy bog‘larning xodimlari o‘simliklar va hayvonot olami genetik fondini asrashga harakat qiladilar, tadqiqotlar o‘tkazadilar, muhofaza etiladigan zonalarga brakonyerlar kirmasligini nazorat qiladilar.

Hozirgi vaqtda davlat O‘zbekiston Muhofaza etiladigan tabiiy hududlari tizimini belgilagan. Ushbu tizimga quyidagilar kiradi:

qattiq qo‘riqlash rejimi o‘rnatilgan 6 qo‘riqxona;

7 milliy bog‘;

jayronlarni ko‘paytirish uchun 1 parvarishxona – “Jayron” ekomarkazi;

u yoki bu darajada faoliyat ko‘rsatuvchi 10 buyurtma qo‘riqxonasi;

 12 davlat tabiiy yodgorligi; va

2 biosfera rezervati (Ugam Chatqol davlat biosfera rezervati 2018 yil 31 dekabrdagi 1062 son qarori, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2011 yil 26 avgustdagi 243-son Qarori bilan «Baday – To‘g‘ay» davlat qo‘riqxonasini tugatish asosida tashkil etilgan).

Foydali manbalar