Samarqandda COP-28 munosabati bilan Markaziy Osiyo eko-oromgohi tashkil etiladi
30.
09. 2023
18:34
3152
Yangiliklar

2023-yil 1-5-oktyabr kunlari Samarqand shahrida Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha Markaziy Osiyo strategiyasini ishlab chiqishga doir Markaziy Osiyo yoshlar ekologik oromgohi tashkil etiladi. 

Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston eko-faollarining 60 nafardan ziyod yetakchisi ishtirok etadi.

Tadbir Birlashgan Arab Amirliklaridagi (BAA) COP 28 – Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konvensiya ishtirokchilari konferensiyasi munosabati bilan o‘tkaziladi.

Markaziy Osiyo eko-oromgohi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi, UNICEF, UNESCO, BMTTD va FAO ko‘magida tashkil etilmoqda.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashishdagi rolini e’tirof etish, yosh eko-faollarga ekologik taklif va tashabbuslarni ilgari surish uchun platforma taqdim etish hamda Markaziy Osiyoda yoshlar ekologik harakatini integratsiya qilishdan iborat.

Ma'lumot uchun, tadbir doirasida xalqaro ekspertlar ishtirokida seminarlar, uchrashuvlar va Markaziy Osiyo strategiyasi bo‘yicha muhokamalar tashkil etiladi.

Foydali manbalar