Maqsad atmosferani zaharlanishdan asrash: yurtimizda "Avtomobilsiz kun" qanday o'tkazildi?
25.
09. 2023
18:25
1860
Yangiliklar

22-sentabr kuni butun respublikamiz hududida “Avtomobilsiz kun” keng miqyosda nishonlandi. Har bir hududda turli tadbir va aksiyalar tashkil qilindi.

Xususan, Qoraqalpog’iston Respublikasining Xo’jayli tumanida “Salomatlik uchun 5000 qadam” va velosipeddan foydalanish hamda piyoda yurishning afzalliklarini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Jizzax shahrida “Yangi nafas” shiori ostida 3 ming metrga yugurish marafoni o‘tkazildi. Marafonda 300 dan ziyod ishtirokchi qatnashdi. Andijonda ham “Salomatlik uchun 5000 qadam” tadbiri, ommaviy "Velosiped sayli" hamda 3 km  va 100 metrga yugurish musobaqasi tashkil etildi.

Bundan tashqari, Samarqand shahrida besh ming qadam masofaga yurish marafoni o‘tkazilib, unda ta’lim muassasalarining 950 dan ziyod xodimi hamda 5 ming nafardan ortiq aholi qatnashdi. Urganchda esa talaba-yoshlari va professor-oʻqituvchilar “10 ming qadam piyoda" aksiyasida faol ishtirok etishdi.

Ta'kidlash joizki, boshqa hududlarda ham avtomobilsiz kun keng miqyosda nishonlandi. 

Ma’lumot uchun, "Avtomobilsiz kun" yurtimizda 2021-yildan beri o'tkaziladi. Maqsad avtomobillardan chiqayotgan turli zaharli gazlar orqali atmosferaning zaharlanishini kamaytirishga hissa qo‘shish, qolaversa, piyoda yurish va velosipedda sayr qilishni keng targ‘ib etishdir. Bu o‘z navbatida aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirishga xizmat qiladi.

Foydali manbalar