
Andijon viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi joriy yil 13 noyabr kuni viloyat teleradiokompaniyasi hamda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Paxtaobod tumanida tezkor nazorat tadbirini o‘tkazib, uning davomida tuman hududidan oqib o‘tuvchi Tentaksoy va Maylisoy daryo o‘zanlaridan keng tarqalgan hamda foydali qazilma hisoblangan qum va shag‘allarni noqonuniy ravishda qazib olib, tashib ketayotgan xuquqbuzarlar aniqlandi.
Xuquqbuzarlarga nisbatan MJtKning tegishli bandlariga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida jarima qo‘llanilib, 5 barobari undirib olindi. Hozirda qolgan qismini undirib olish choralari ko‘rilmoqda.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati