“Sanitariya inqilobi”: Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi turizm obyektlarida bir qator kamchiliklar aniqlandi
18.
09. 2023
15:56
1615
Yangiliklar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Muxayyo Hayitova boshchiligida Respublika ishchi guruh a’zolari hamda tegishli vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy, Ellikqal’a, Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Taxtako‘pir, Chimboy, Xo‘jayli tumanlari va Nukus shahridagi bir qancha turizm obyektlari o‘rganildi. 

O‘rganish Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentyabrdagi tegishli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbir davomida madaniy meros obyektlari, ziyoratgohlar, mehmonxonalar, sihatgoh va dam olish zonalari, ommaviy namoyish joylari, bozorlar, vokzal va avtoshohbekatlarda sanitariya-gigiyena shaxobchalarining mavjudligi, sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga muvofiqligi o‘rganib chiqildi. 



Shuningdek, tadbir davomida Respublika ishchi guruh a’zolari hamda tegishli vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasidagi Ta’lim tizimi islohotlari yo‘nalishida ko‘rsatilgan topshiriqlar yuzasidan bir qator umumiy o‘rta ta’lim maktablarida toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan ta’minlanganligi holati ham o‘rganildi.

4 kunlik o‘rganish natijasida obyektlarda bir qator xato-kamchiliklar, jumladan, sanitar-gigiyenik, texnik xavfsizlik, yong‘in xavfsizligining oldini olish talablariga javob bermasligi aniqlandi. Bundan tashqari, ushbu obyektlarda jismoniy imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yosh bolali ota-onalar uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratilmaganligi ham ma’lum bo‘ldi. 

O‘rganish ishlaridan so‘ng mas’ullarga kamchiliklarni bartaraf etish borasida  topshiriqlar berildi. 

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi tegishli topshirig‘iga muvofiq, respublikadagi barcha turizm obyektlari (madaniy meros obyektlari, ziyoratgohlar, turizm zonalari, mehmonxonalar, sihatgoh va dam olish zonalari, sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, ommaviy namoyish joylari, madaniyat va istirohat bog‘lari, ommaviy bozorlar), vokzal va avtoshohbekatlarda “Sanitariya inqilobi”ni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Foydali manbalar