Jizzaxda tabiiy suv obyektidan noqonuniy foydalangan huquqbuzarga jarima belgilandi
05.
09. 2023
16:12
1965
Yangiliklar

Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi Forish tumani bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbir davomida fuqaro I. N. tegishli ruxsatsiz quduq qazib, tabiiy suv obyektini egallab olganligi va oʻzboshimchalik bilan foydalanganligi aniqlandi. 

Huquqbuzar bu bilan "Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi Qonunning 5, 16-moddalari, "Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida"gi Qonunning 115-moddasi talablarini buzgan. 

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 74-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. I. N. BHMning 3 baravari, ya’ni 990 ming soʻm jarima to‘laydigan bo‘ldi.

Foydali manbalar