"Obodonlashtirish oyligi": Buxoroda 405 gektar maydon 33,515 ming tonna maishiy va qurilish chiqindilaridan tozalandi
21.
08. 2023
15:04
2020
Yangiliklar

Ayni damda Mustaqilligimizning 32 yillik bayramini keng nishonlash maqsadida Respublikamiz bo'ylab "Obodonlashtirish oyligi" o‘tkazilmoqda. 

Oylik doirasida barcha hududlarda keng ko'lamli ishlar qilinmoqda. Xususan, Buxoro viloyatidagi mahallalarda obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlari, ariqlarni tozalash, daraxtlarni butash, devorlarni oqlash, koʼcha chiroqlarini tartibga keltirish, yoʼllarni taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Buxoro viloyatida 10-avgustdan bugunga qadar 87 ta qabriston, 544 ta mahalla, 7 ta ziyoratgohda obodonlashtirish ishlari olib borildi. 405 gektar maydon 33,515 ming tonna maishiy va qurilish chiqindilaridan tozalandi.

Bundan tashqari, Buxoro shahrida joylashgan markaziy poligondagi 70 tonna chiqindi tartibga keltirilib, rekultivasiya ishlari olib borildi  hamda tumanlarda joylashgan, 3  ta markaziy chiqindixonalar ham tartibga keltirildi.

Shuningdek, 26 ta bozor va savdo majmualarini taʼmirlash, obodonlashtirish, sanitariya va gigiyenik holatini yaxshilash ishlari olib borilib, 241 km ariq va lotoklar, 121,4 km irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari tozalandi.

Obodonlashtirish oyligi 30-avgustga qadar davom etadi.

Foydali manbalar