Qum-shag'alni noqonuniy qazigan fuqaro 14 million so'mdan ortiqroq pul to'laydigan bo'ldi
16.
08. 2023
11:48
2089
Yangiliklar

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi Kosonsoy tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

Tumanning “Obodon” mahallasi hududida o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida fuqaro D.A. "Volvo" rusumli ekskavatorda shu hududdan oqib o‘tgan "Xitoysoy" o‘zanidan qum-shag‘allarni qazib olib, yuk mashinalariga yuklayotganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha D.A.ga MJtKning 71-moddasi 1-qismiga ko‘ra BHMning 30 barobari – 9 million 900 ming so'm miqdorida jarima tayinlandi. 

Shuningdek, qum-shag‘al olingan hududda mutaxassislar tomonidan o‘lchov ishlari olib borilib, tabiatga 4 million 600 ming so'm zarar yetkazilganligi ma'lum bo'ldi. D. A. qilmishi uchun jami 14 million 500 ming so'm to'laydigan bo'ldi.

Foydali manbalar