Toshkentda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
27.
07. 2023
16:19
3117
Yangiliklar

2023-yil 27-iyul kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatiga oid PF-81-son Farmoni hamda PQ-171-son Qarorining mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov, Bosh prokuraturaning Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i O‘ktam O‘tayev, O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktor o‘rinbosari G‘olibjon Qurbonov, Gidrometeorologiya xizmati agentligi direktori Firuz Safarov, vazirlikning boshqarma va boshqarma boshliqlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari, ekologiya mutaxassislari, shuningdek, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdi.

Tadbirda Obidjon Qudratov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatiga oid PF-81-son Farmoni hamda PQ-171-son Qarorining mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar haqida gapirdi.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, bu boradagi vaziyatni yaxshilash, atmosferaga chiqayotgan zararli chiqindilarning inson salomatligiga ta’sirining oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya-ekologik vaziyat sifatini yaxshilash uchun qulay sharoitlar yaratish, atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish borasida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur Farmon va qarorga muvofiq, raqamli texnologiyalarga asoslangan ekologik monitoringning zamonaviy mexanizmini yaratish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tartibga solish, ko‘kalamzorlashtirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishning yangi tartiblarini joriy etish orqali ekologik madaniyatni yanada rivojlantirish, bioxilma-xillikni saqlash va ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash rejalashtirilgan, – dedi O. Qudratov.

Bosh prokuratura vakili O‘ktam O‘taev yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-81-son Farmoni va 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qaroriga muvofiq ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan qo‘shma chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, vazirlik tashabbusi bilan ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarga qarshi keskin choralar ko‘rilganini ta’kidladi. 

Tadbir davomida jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Tadbir so‘ngida Obidjon Qudratov OAV vakillari va blogerlarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, ular soha rivojida katta o‘rin tutishini ta’kidladi.


Maʼlumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘gʼrisida”gi qaroriga ko‘ra ekologiya va atrof-muhit sohasidagi qonunbuzarliklarga nisbatan jazo choralari kuchaytirilmoqda. 

Xususan:
– ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazish, o‘simlik va hayvonot dunyosi obʼektlarini nobud qilish yoki ularga shikast yetkazish bilan bogʼliq jinoyatlarni ogʼir jinoyatlar toifasiga kiritish; 
– davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga qo‘yilgan moratoriy talablarini buzganlik uchun maʼmuriy jarimalar miqdorini 5 baravarga oshirish; 
– O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarning noqonuniy ovlanishi oqibatida hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirish summalarini 10 baravarga hamda o‘simliklarni o‘sishdan to‘xtash darajasigacha shikastlantirish yoki yo‘q qilish bilan ularga yetkazilgan zarar uchun undirish summalarini 5 baravarga oshirish; 
– sanoat, maishiy va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va realizatsiya qilish chogʼida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini belgilanmagan joylarga tashlash hamda suyuq maishiy chiqindilarni to‘kkanlik uchun maʼmuriy jarimalar miqdorini 10 baravarga oshirish ko‘zda tutilgan. 



Maqsad belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash, daraxtlarni kesish, Qizil kitobga kiritilgan, kamayib borayotgan noyob hayvonlarni ovlash va o‘simliklarni noqonuniy yo‘q qilish kabi turli qonunbuzarliklarning oldini olishdir.



Foydali manbalar