
Orolbo‘yi mintaqasida aholi salomatligi va atrof-muhitni sifatini oshirish, mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish maqsadida 25 oktyabr kuni Nukus shahrida (Qorakalpogg‘iston Respublikasi) BMT shafeligida yuksak darajadagi «Orolbo‘yi – ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi» Xalqaro konferentsiyasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur konferentsiya ishtirokchilari Nukus shahriga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida Orol tanazulli salbiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hududda amalga oshirilayotgan chuqur islohotlar bilan tanishish maqsadida qurigan Orolbo‘yi hududi - Mo‘ynoq shahriga jo‘nab ketdilar.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati