
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Karmana tuman inspektsiyasi inspektorlari tomonidan joriy yilning oktyabr oyida Karmana tuman hududida atrof-muhitni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan ekologik reyd o‘tkazilganda qonun buzilish holati aniqlandi.
Inspektorlar tomonidan «Nurafshon» mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan qum-tosh yuklovchi ekskavator kovlab yuklayotganligi aniqlandi. Mazkur holat bilan O‘zbekiston Respublikasi «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunning 52-moddalari talablari buzildi.
Ushbu fuqaroga MJtKning 70-moddasi 1- qismi bilan javobgarlikka tortilib, 2 mln 300 ming sum ma’muriy jarima qo‘llanildi.