30 mart – Xalqaro chiqindilarsiz dunyo kuni
30.
03. 2023
13:04
3341
Yangiliklar

“Zero Waste” ijtimoiy harakat bo‘lib, uning asosiy maqsadi chiqindilar miqdorini imkon qadar kamaytirishdir.

Zero Waste falsafasi quyidagi besh tamoyilga (5R) asoslanadi:

1.  Refuse (rad etish)
2.  Reduce (kamaytirish)
3.  Reuse (qayta foydalanish)
4.  Recycle (qayta ishlash)
5.  Rot (kompost).

2022-yil 14-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi chiqindilarni boshqarish muhimligini rasman ilgari surdi va 2023-yildan e’tiboran har yili 30-martni – Xalqaro chiqindilarsiz dunyo kuni deb nishonlanishini e’lon qildi.

Hisob-kitoblarga ko'ra, insoniyatning kundalik hayoti davomida yiliga 2,24 milliard tonna qattiq maishiy chiqindilar hosil bo’ladi, shundan atigа 55 foizi maxsus korxonalarda utilizatsiya qilinadi. Har yili taxminan 931 mln tonna oziq-ovqat mahsulotlari iste’molga yaroqsiz holatga keladi yoki tashlab yuboriladi, suv ekotizimlariga esa 14 million tonnagacha plastik chiqindilar tashlanadi.

Foydali manbalar