Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirining o‘rinbosari N.Oblomuradov O‘rmon xo‘jaligi agentligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti, Darxon ilmiy tajriba stansiyasi hamda O‘rmon xo‘jaligi texnikumida bo‘lib, ushbu ilm maskanlarining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
14.
01. 2023
18:56
3011
Yangiliklar

Maʼlumot o‘rnida aytish kerakki, mazkur o‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti mamlakatimizda manzarali o‘simliklar navlari ko‘chatlarini sertifikatlash va standartlashtirish, ularni yetishtirishni tashkil etish, o‘rmon xo‘jaligi sohasi tashkilotlarini malakali kadrlar bilan taʼminlash ishlari bilan shug‘ullanadi. Ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Darxon ilmiy tajriba stansiyasida esa nazariy jihatdan ilmiy asoslangan ishlar tajribadan o‘tkazilib, keyin amaliyotga joriy etiladi. O‘rmon xo‘jaligi texnikumida soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

Vazir o‘rinbosari ushbu ilm maskanlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishish davomida kelgusida ularning faoliyatini o‘zaro yaqin integratsiyalashuv asosida tashkil etish, yosh tadqiqotchilar va olimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ular tomonidan yaratilayotgan innovatsion ilmiy ishlarni amaliyotga keng joriy etish yuzasidan o‘zining tavsiyalarini bildirdi.

Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati

Foydali manbalar