Turkman qulonlari qo‘riqxona hududiga qo‘yib yuborildi
27.
12. 2022
17:05
2920
Yangiliklar

Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigidan 18 bosh turkman quloni “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasiga ko‘chirldi.

Qulonlarni ko‘chirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tavsiyasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshidagi “Mo‘ynoq kelajak bunyodkorlari” bilan imzolangan shartnomaga asosan amalga oshirildi. 18 bosh Turkman qulonlari Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi hududiga qo‘yib yuborildi.
 

Qo‘riqxona xodimlari tomonidan bu jonivorlarning yashash joylari va tarzi doimiy monitoring qilib boriladi.

 

Shuningdek, yana 50 bosh Turkman qulonlarini “Borsakelmas” davlat buyurtma qo‘riqxonasiga ko‘chirish ham rejalashtirilgan.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining matbuot xizmati

Foydali manbalar