Davlat ekologiya qoʼmitasi raisi oʼrinbosari J. Kazbekov boshchiligidagi Oʼzbekiston delegatsiyasining Isroil Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Rivojlanish sohasidagi xalqaro hamkorlik agentligi (MASHAV) direktor oʼrinbosari А. Ezra bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi.
14.
06. 2022
14:20
2921
Yangiliklar

Onlayn formatda tashkil qilingan ushbu uchrashuvda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. 

Xususan, atrof-muhit muhofazasi, iqlim oʼzgarishi, choʼllanishga qarshi kurash yoʼnalishlarida oʼquv-kurslari sonini koʼpaytirish boʼyicha kelishuvga erishish, shuningdek, MASHAV ishtirokida BMTning Аtrof-muhit dasturi (UNEP) doirasida Orolboʼyi hududida ekologiya sohasidagi loyihalarni  muvafaqqiyatli amalga oshirish va bu borada uch tomonlama muloqot platformasini  rivojlantirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasiga Isroil ilgʼor tajribasini qoʼllash imkoniyatlarini  ishlab chiqish, MASHAVning Oʼzbekistonda qishloq va suv xoʼjaligi masalalari vakolatxonasini ochish va mazkur vakolatxona faoliyatida Orolboʼyi hududidagi loyihalar alohida oʼrinni egallashga urgʼu berish kabi masalalar yuzasidan oʼzaro fikr almashildi.

Foydali manbalar