Sobiq uran konlari ob’ektlarini rekultivatsiya qilish loyihasi doirasida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N.Oblomuradov va Germaniyaning “G.E.O.S. Ingenieurgesellshaft mbH” (GEOS) kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati va YeTTB o‘rtasidagi imzolangan Hadli bitim ijrosini ta’minlash maqsadida, bir qator hukumat qarorlari qabul qilingan bo‘lib, Davlat ekologiya qo‘mitasi va YeTTB o‘rtasida ushbu ob’ektlarni rekultivatsiya qilish bo‘yicha konsultant xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida 2 mln yevro miqdoridagi grant bitimi imzolangan. Mazkur grant bitimi doirasida Germaniyaning “GEOS” kompaniyasi bilan shartnoma imzolangan.
Uchrashuv chog‘ida “GEOS” kompaniyasi vakillari tomonidan loyihani amalga oshirish yuzasidan bir qator taqdimotlar o‘tkazildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar sobiq uran konlari ob’ektlarini to‘liq rekultivatsiya va ekologik reabilitatsiya qilish ishlarining istiqbolli rejalarini muhokama qilishdi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati
- Yangiliklar
- Vazirlik haqida
- Huquqiy faoliyat asoslari
- Vazirlik funktsiyalari va vazifalari
- Vazirlik tarixi
- Rahbariyat
- Vazirlik tarkibi
- Tenderlar
- Yoshlar siyosati
- Bo‘sh ish o‘rinlari
- Faoliyat ko‘rsatkichlari
- Jamoatchilik kengashi
- Vazirlik Hayat yig‘ilishi
- Xalqaro aloqalar
- Elektron hukumat
- Ma'naviyat va ma'rifat
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Green University
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Ochiq ma'lumotlar
- Axborot xizmati
- Xizmatlar
- Aloqalar
- COP14
Foydali manbalar