Sobiq uran konlari ob’ektlarini rekultivatsiya qilish loyihasi doirasida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N.Oblomuradov va Germaniyaning “G.E.O.S. Ingenieurgesellshaft mbH” (GEOS) kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati va YeTTB o‘rtasidagi imzolangan Hadli bitim ijrosini ta’minlash maqsadida, bir qator hukumat qarorlari qabul qilingan bo‘lib, Davlat ekologiya qo‘mitasi va YeTTB o‘rtasida ushbu ob’ektlarni rekultivatsiya qilish bo‘yicha konsultant xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida 2 mln yevro miqdoridagi grant bitimi imzolangan. Mazkur grant bitimi doirasida Germaniyaning “GEOS” kompaniyasi bilan shartnoma imzolangan.
Uchrashuv chog‘ida “GEOS” kompaniyasi vakillari tomonidan loyihani amalga oshirish yuzasidan bir qator taqdimotlar o‘tkazildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar sobiq uran konlari ob’ektlarini to‘liq rekultivatsiya va ekologik reabilitatsiya qilish ishlarining istiqbolli rejalarini muhokama qilishdi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati
- News
- About Ministry
- Fundamentals of legal activity
- Functions and duties of the committee
- History of the Committee
- Administration
- Committee structure
- Announcements and tenders
- Youth policy
- Vacancies
- Performance Indicators
- Public Council
- Board of Committee
- International Relations
- E-government
- Spirituality and Education
- Anti-Corruption
- Green University
- Activity
- Documents
- Open data
- Information Service
- Services
- Contacts
- COP14
Useful resources