Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazning ijrochi direktori bilan uchrashuv
17.
02. 2022
19:15
4054
Xalqaro hamkorlik

Bugun 17 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradovning Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazning (MOMEM) ijrochi direktori Z. Maxmudov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov Prezident tomonidan so‘nggi yillarda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tashabbuslar, xususan, «Yashil makon» umummilliy loyihasi, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish, Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar hamda xalqaro loyihalar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

O‘z navbatida MOMEM ijrochi direktori Z. Maxmudov ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho bergan holda MOMEM ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada jadallashtirish, qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirlishida texnik ko‘mak, ekologiya sohasidagi mutaxassislarni salohiyatini oshirish bo‘yicha tadbirlar, qo‘shma ilmiy izlanishlar olib borish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ikkitomonlama aloqalarning istiqboliga bag‘ishlangan muzokaralar davomida xalqaro doirada tashkil etilayotgan ekologik tadbirlarda O‘zbekiston tomoni ishtiroki MOMEM tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.

Xususan Z. Maxmudov O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining joriy yilning noyabr oyida Misrning Sharm-ash-Shayx shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida Hadli konventsiyasi tomonlar konferentsiyasining 27-chi yig‘ilishida (COP27) faol ishtirok etishga chaqirdi hamda Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Markaziy Osiyo konferentsiyasi joriy yil Dushanbe shahrida tashkil etilishi haqida xabar berdi va unda Davlat ekologiya qo‘mitasi vakillarining ishtirok etishini taklif qildi.

Shu bilan birga, Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov MOMEMni ekologiya va atrof-muhit sohasida «Qizil kitob», bolalarning ekologik madaniyatini oshiruvchi va boshqa ilmiy nashrlar tayyorlashda tegishli ko‘mak berishga chaqirdi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar