Toshkentda ekologik reyd boshlandi
28.
01. 2022
16:58
5456
Ekanadzor

Davlat ekologiya qo‘mitasi tashabbusi bilan Toshkent shahrida ekologik reydga start berildi.

Bugun erta tongdan qo‘mita raisi N. Oblomuradov boshchiligida Ekologiya va Ekopatrul inspektorlariga hududlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar atroflicha tushuntirildi.

Ekologik reydlar jarayonida «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida» gi qonun talablarining bajarilishini ta’minlash, shuningdek aholining ekologik madaniyatini yanada yuksaltirish borasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini ham olib borilishi yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan yaqindan hamkorlik qilishni istagan barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar va keng jamoatchilik vakillarini ekologik reyd jarayonida ishtirok etishga chorlab qolamiz!

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar