Yangi yil qutlovi
01.
01. 2022
09:56
3667
Yangiliklar

Aziz yurtdoshlar!

O‘zining betakror fayzu tarovati, quvonch va shukuhi bilan jonajon yurtimizga yangi 2022 yil kirib kelmoqda. Mana shunday hayajonli lahzalarda sizlarga fayzli Yangi yil bayramining ezgu tilaklarini yo‘llashdan benihoya mamnunmiz.

Bu bayram nafaqat yil taqvimining o‘zgarishi, balki umrimizning o‘ziga xos yillik sarhisobi, yangi rejalar, yaxshi niyatlar bilan yangi mavsumni boshlashimiz uchun tabiatning bizga bergan o‘ziga xos tuhfasidir.

So‘nggi vaqtlarda kuzatilayotgan iqlim o‘zgarishlari va noqulay ekologik holatlar, hech shubhasiz, tabiat haqida qayg‘urishimiz uchun tabiatning o‘zi bizga belgi bermoqda. Abu Ali ibn Sino bobomizning «Agar havoda chang va tutun bo‘lmasa edi, kishi ming yil yashagan bo‘lardi», degan hikmati hayotimizda ulkan ahamiyat kasb etmoqda.

Jamiyatimizda yuksak ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yashil iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish orqali jonajon Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini taъminlash – barchamizning muhim fuqarolik burchimizdir!

Bugun muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilib, hayotimizga tatbiq etilayotgan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi barchamizni kirib kelayotgan 2022 yilni ulkan rejalar, ezgu orzu-niyatlar bilan boshlashga daъvat etadi.

Kirib kelayotgan Yangi yil yurtimizga fayzu baraka, yangi yutuq va zafarlar olib kelsin! Barcha yurtdoshlarimizga sihat-salomatlik, kelgusi ishlarida yangidan-yangi muvaffaqiyatlar, xonadonlarga tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat tilaymiz!

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar