Tayinlov. Davlat ekologiya qo‘mitasi Chiqindilar bilan ishlash sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil etish boshqarmasi
30.
12. 2021
13:27
3486
Yangiliklar

Davlat ekologiya qo‘mitasining 2021 yil 27 dekabrdagi buyrug‘i bilan Tadjibaev Inomjon Raximdjanovich Davlat ekologiya qo‘mitasi Chiqindilar bilan ishlash sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil etish boshqarmasining Chiqindilar bilan ishlash sohasida metodologiya va normativ hujjatlar ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i lavozimga tayinlandi.

Tadjibaev Inomjon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi PQ-5843-son qaroriga muvofiq, Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi bilan o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi.

Tadjibaev Inomjon 1984 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2013 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini muhandis - mexanik yo‘nalishi bo‘ycha tamomlagan.

Bugungi kunga qadar u Farg‘ona viloyati Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi inspektori lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar