Ekoinspektorlar harakatda. Uchta holatda ham brakonerlar fosh etildi
25.
12. 2021
11:25
5252
Ekanadzor

2021 yil 21 avgust kuni Bo‘zatov tuman davlat ekologiya inspektori K. Klichov nazorat tadbiri vaqtida brakonerlarni to‘xtatib qoldi. To‘rtko‘l tumanida yashovchi I. B, Ellikqal’a tumanida yashovchi Sh. U. va E. A. Taxtako‘pir tumanidagi «Janadarya» ovul fuqarolar yig‘ini hududi atrofida 2 bosh jayronni noqonuniy ovlab, tabiatga 24 mln 500 ming so‘mlik zarar yetkazgan.

2021 yil 5 dekabr kuni Taxtako‘pir tuman davlat ekologiya inspektsiyasi boshlig‘i K. Seytniyazov, inspektorlar B. Eshanov va B. Paluaniyazov, Qorao‘zak tuman inspektsiyasi boshlig‘i Q. Tajimuratovlar hamkorligidagi tezkor reydda Qorao‘zak tumanida yashovchi H. Q, T. Q, Ye. Z, P. T. va Q. T. 10 ta quyon va 1 ta jayronni noqonuniy ovlagani aniqlandi. Natijada hayvonot dunyosiga 14 mln 850 ming so‘mlik zarar yetkazilgan. Eng qizig‘i, yuqoridagi fuqarolardan T. Q. Qozoqdaryo o‘rmon va ovchilik xo‘jaligida o‘rmon begi lavozimida ishlagan.

2021 yil 12 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologik nazorat inspektsiyasi boshlig‘i K. Taubaev, Taxiatosh tuman inspektsiyasi boshlig‘i T. Toreniyazov, Taxtako‘pir tuman inspektori B. Eshanov, Nukus shahar inspektori B. Kurbanalievlar hamkorligida o‘tkazilgan ekologik reyd davomida Taxtako‘pir tumani «Qo‘ng‘irotko‘l» ovul fuqarolar yig‘ining cho‘l hududida 14 bosh jayron hamda 5 dona quyon noqonuniy ovlangani aniqlandi. Brakonerlar voqea joyidan o‘ljani tashab qochadi. Inspektorlar zudlik bilan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi hamda Taxtako‘pir tumani IIBga xabar qilib, birgalikda tezkor-qidiruv olib borildi.

Natijada Qorao‘zak tumanida yashovchi M. M, O. H, Taxtako‘pir tumanida yashovchi B. A. va N. Q.lar ushlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar 190 mln 350 ming so‘mlik tashkil etdi. Yuqoridagi fuqarolardan N. Q. 2021 yil 17 may kuni MJtKning 88-3 moddasi bilan javobgarlikga tortilgandan keyin ham xulosa chiqarmagani afsuslanarlidir.

Uchta holat bo‘yicha ham Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishlarini qo‘zg‘atdi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar