Qo‘mitaning navbatdagi Hay’at majlisi
02.
12. 2021
19:15
4263
Yangiliklar

Bugun, ya’ni 2021 yilning 2 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining navbatdagi Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘mita raisining o‘rinbosari Islombek Boqijonov boshqargan yig‘ilishda respublikada ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni sifatli amalga oshirish, bioxilmaxillik, suv, yer va yer osti boyliklari, atmosfera havosini muhofaza qilish, atrof-muhit ifloslantirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovi hisob-kitoblari va ularni vaqtida undirish, davlat ekologik nazorati bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi atroflicha muhokama qilindi.

Jiddiy tahlil va tanqidiy ruhda o‘tkazilgan majlisga hududiy boshqarmalar va nazorat inspektsiyalar boshliqlari, tizim tashkilotlari rahbarlari ham bevosita ishtirok etishdi. Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan 2021 yilning 11 oyi davomida amalga oshirgan ishlar natijadorligi e’tirof etilishi barobarida yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga alohida urg‘u berildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha respublika inspektsiyasi boshlig‘i Ikrom Tagaev, Chiqindilar bilan ishlash sohasida iqtisodiy tahlil va ta’riflar boshqarmasi boshlig‘i Umarjon Abdullaev, Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Kamoljon Qo‘ziev, Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Urunovning hisoboti tinglandi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasi amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli bajarilishini qat’iy nazorat qilish, «Dolzarb 40 kunlik»da bajarilayotgan vazifalarda asosiy e’tiborni ko‘chat ekish uchun tanlangan joyning mevali va manzarali daraxtlar parvarishi uchun mosligini, irrigatsiya tizimi bilan ta’minlanganini, o‘tkazilayotgan nihollarning egasi borligini aniqlash yuzasidan tegishli tuzilmalar va hududiy boshqarmalarga qat’iy topshiriqlar berildi.

Hay’at majlisi

Hay’at majlisi

Hay’at majlisi

Hay’at majlisi

Hay’at majlisi

Hay’at majlisi

Hay’at majlisi

 

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar