Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv
27.
11. 2021
18:29
1624
Tadbirlar

Kuni kecha Davlat ekologiya qo‘mitasi vakillarining Tojikiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda bilan uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvni Qo‘mita raisining o‘rinbosari J. Kazbekov olib bordi.

Uchrashuv davomida tomonlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish sohalarida ikki tomonlama hamkorlikning ijobiy dinamikaga ega ekanligini ta’kidladilar. Shuningdek, Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi delegatsiyasining O‘zbekistonga 2021 yil 11-18 oktyabr kunlari tashrifi natijalari yuqori baholandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar