Toshkent viloyati. Rasmiy munosabat
12.
11. 2021
12:04
5137
Ekanadzor

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Oqtosh qishlog‘i hududida 53 tup ko‘p yillik daraxtlar noqonuniy kesilganligi haqida xabar tarqalgan.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Bo‘stonliq tumani inspektsiyasi xodimilari tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari davomida hududda o‘sish holatida bo‘lgan jami 56 tup, shundan, 53 tup shumtol, 2 tup baqaterak, 1 tup qizil do‘lana daraxtlari noqonuniy ravishda kesilganligi aniqlandi. Holat yuzasidan xolis guvohlar ishtirokida belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Noma’lum shaxclarning g‘ayriqonuniy hatti-harrakatlari natijasida o‘simlik dunyosiga 288 mln 792 ming so‘m miqdorda zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar qonuniy baho berish uchun prokuratura organlariga taqdim etildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar