Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit dasturi (UNEP) rahbariyati bilan uchrashuv
22.
10. 2021
20:06
4710
Xalqaro hamkorlik

Shveytsariyaning Jeneva shahriga rasmiy tashrifi doirasida Davlat ekologiya qo‘mitasi delegatsiyasi BMT Atrof-muhit dasturining Yevropadagi bo‘linmasi direktori janob Bruno Potstsi bilan uchrashdi.

Janob Potstsi UNEP nomidan O‘zbekiston hukumatiga atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatga asoslangan yechimlarni amalga oshirishda ko‘rilayotgan choralar va yuritilayotgan siyosat uchun minnatdorchilik bildirdi va O‘zbekistonning BMTning Atrof-muhit bo‘yicha 5-chi Assambleyasidagi ishtirokini yuqori baholadi, bu yesa mamlakatning jahon hamjamiyatiga ochiqligini yana bir bor isbotlashini ta’kidlab o‘tdi.

B. Potstsi O‘zbekistonni Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqiga (IUCN) a’zo bo‘lgani bilan tabrikladi. Bundan tashqari, Orolbo‘yi hududida amalga oshirilayotgan ishlar alohida qayd etildi. Shu munosabat bilan UNEP Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan birgalikda ekotizimlarni o‘rganish va baholash loyihasini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Tomonlar landshaft va joylardagi biologik xilmaxillikni hisobga olgan holda mavjud va yangi tashkil etilayotgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni samarali boshqarishda yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

O‘z navbatida, UNEP tomoni atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi me’yoriy hujjatlarni, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ekologik kodeksini ishlab chiqishda huquqiy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek kimyoviy tartibga solishga oid masalalar ham muhokama qilindi. Hozirda UNEP mamlakatning Stokgolm va Bazel konventsiyalari oldidagi majburiyatlarini bajarish bo‘yicha institutsional salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, Rotterdam va Minamata konventsiyalariga qo‘shilish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha jami 250 ming dollarlik loyihani ma’qulladi.

Shu bilan birga, Geografik axborot tizimlari (GIS) texnologiyalaridan foydalangan holda atrof-muhit monitoringi sohasida transchegaraviy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida UNEP mintaqaviy loyihani amalga oshirmoqda. UNEP direktori bilan muzokaralar natijasida loyiha doirasida Davlat ekologiya qo‘mitasi asosida innovatsion GIS markazini yaratish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar