Tender. Qattiq maishiy chiqindilar uchun 1100-litrlik konteynerlarni xarid qilish
07.
09. 2021
18:25
4866
Tender
Sana: 2021 yil 3 sentyabr
Zaym raqami va nomi: 3903-UZB: Qattiq chiqindilarni barqaror boshqarish
Shartnomaning raqami va nomi: SCEEP/OCB-G2_2021: Qattiq maishiy chiqindilar uchun 1100-litrlik konteynerlarni yetkazib berish
Takliflarni qabul qilishning so‘nggi muddati: 29 oktyabr 2021 yil, soat 15:00 (Toshkent vaqti bilan) (uzaytirilgan)

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish loyihasini amalga oshirish uchun Osiyo Taraqqiyot Bankining (OTB) mablag‘larini oldi va moliyalashtirishning bir qismini yuqoridagi shartnoma doirasida to‘lovlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Tender savdolariga OTBga a’zo davlatlarga tegishli ishtirokchilar qatnasha oladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ("Sotib oluvchi") qattiq maishiy chiqindilar uchun 1100-litrlik konteynerlarni yetkazib berishga ishtirokchilarni taklif qilmoqda.

2. Ochiq tender savdolari (Xalqaro miqyosidagi e’lon) OTBning bir-bosqichli bir-konvertli tartibiga muvofiq amalga oshiriladi va tender hujjatlarda keltirilgan a’zo mamlakatlardan kelgan barcha ishtirokchilar uchun ochiq.

3. Faqat quyidagi asosiy malakaga ega bo‘lgan munosib ishtirokchilar uz takliflarini taqdim qilishlari mumkin:

3.1 Shartnomalar bo‘yicha tajriba

Oxirgi besh (5) yil (2016-2020 yy.) davomida tabiati va murakkabligi bo‘yicha tender hujjatlarining 6-bo‘limi (etkazib berish jadvali)da ko‘rsatib o‘tilgan yetkazib berish hajmiga o‘xshash bo‘lgan miqdori kamida 1,8 million. AQSh dollarlik bir (1) kontraktni asosiy yetkazib beruvchi sifatida muvaffaqiyatli bajargan bo‘lishi kerak.

3.2 Texnik tajriba

Taklif qilinayotgan tovarlar kamida uch (3) yil (2018-2020 yy.) davomida ishlab chiqarilgan va kamida o‘n sakkiz ming (18 000) dona o‘xshash quvvatga ega bo‘lib sotilgan va kamida uch (3) yil (2018-2020) davomida qoniqarli ekspluatatsiya qilingan.

3.3 Ishlab chiqarish quvvati

Tender ishtirokchisi har bitta partiya uchun xaridor tomonidan so‘ralgan holda tovarlarning turini, hajmini va miqdorini tender hujjatlarining 6-qismi (etkazib berish jadvali)dagi yetkazib berish va tugatish jadvaliga muvofiq yetkazib bera olishini namoyish qilishi shart.

 3.4 Moliyaviy ahvol

Ishtirokchi so‘nggi uch (3) yildagi (2018-2020 yy.) audit qilingan yillik moliyaviy hisobotlari (balansi, daromad va ziyonlar to‘g‘risidagi hisoboti) bilan tasdiqlangan uzoq muddatli rentabelligini ko‘rsatib, moliyaviy holatining ishonchliligini namoyish qilishi kerak.

 3.5 Moliyaviy aylanma hajmi

 Ishtirokchi so‘nggi uch (3) yil (2018-2020 yy.) davomida bajarilgan yoki tugallanmagan shartnomalar uchun Ishtirokchi tomonidan qabul qilingan to‘lovlarning umumiy summasi sifatida hisoblab chiqilganda 4,0 million AQSh dollariga teng bo‘lgan o‘rtacha yillik moliyaviy aylanmasini (AQSh dollarida) namoyish qilishi kerak.

3.6 Naqd pul oqimi (Cash Flow Capacity)

Ishtirokchi shartnomani bajarish paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan naqd pul oqimi talablarini qondirish uchun yetarli bo‘lgan likvid aktivlarga, kredit liniyalariga va boshqa mablag‘larga ega ekanligini yoki ularga haqli ekanligini namoyish qilishi kerak, bu miqdor: 0,97 million AQSh dollarini tashkil etadi.

4. Qo‘shimcha ma’lumot olish va tender hujjatlari bilan tanishish uchun Ishtirokchi quyidagi manzilga murojaat qilishi kerak:

Islombek Boqijonov
Rais o‘rinbosari
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Davlat ekologiya qo‘mitasi)
Manzil : Mirzo-Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘ch., 5 tor, 15 uy
Shahar: Toshkent
Pochta indeksi : 100170
Mamlakat : O‘zbekiston Respublikasi
Tel. : +998 71 207 7007 (ichki raqam: 1044#)
El.manzil: LBG@eco.gov.uz (asosiy); uzsswmproject@gmail.com (ikkilamchi)

5. Ingliz tilidagi Tender hujjatlarini xarid qilish uchun ishtirok etish huquqiga ega ishtirokchilar quyidagilarni bajarishi lozim

– yuqoridagi manzilga yozish va tender hujjatlarini talab qilish: SCEEP/OCB-G2_2021: qattiq maishiy chiqindilar uchun 1100-litrlik konteynerlarni yetkazib berish

– (a) 100 AQSh dollari miqdorida yoki (b) to‘lov kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan valyuta kursi bo‘yicha 100 dollarga teng bo‘lgan miqdorda o‘zbek so‘mida qaytarilmas to‘lovni quyida ko‘rsatilgan bank hisob raqamiga to‘lash:

AQSh dollaridagi hisob raqami:

Nomi: Loyihalarni boshqarish guruhi

Manzil: O‘zbekiston, Toshkent sh. 100170 , Mirzo-Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘ch., 15 uy

Bank nomi: «Trastbank» Xususiy aktsiyadorlik banki Toshkent shahar filiali

Bank manzili: O‘zbekiston, Toshkent sh., 100100, Chilonzor tumani, “E” mavzesi., 11A-uy

Hisob raqami: 2021 2840 9053 8734 7002 STIR: 202302376

SWIFT-kod: TRSAUZ22; MFO: 00850

O‘zbek so‘mdagi hisob raqami:

Nomi: Loyihalarni boshqarish guruhi

Manzil: O‘zbekiston, Toshkent sh. 100170 , Mirzo-Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘ch., 15 uy

Bank nomi: «Trastbank» Xususiy aktsiyadorlik banki Toshkent shahar filiali

Bank manzili: O‘zbekiston, Toshkent sh., 100100, Chilonzor tumani, “E” mavzesi., 1 1A-uy

Hisob raqami: 2021 2000 2053 8734 7002, STIR: 202302376

SWIFT-kod: TRSAUZ22; MFO: 00850

• Shuningdek, tender hujjatlari yuqorida ko‘rsatilgan Davlat ekologiya qo‘mitasining bank hisob raqamiga chet eldagi Ishtirokchiga qo‘shimcha 50 AQSh dollari miqdorida to‘lov evaziga va mahalliy Ishtirokchiga yer ustidagi pochta yoki kurer orqali to‘lov kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki e’lon qilgan kurs bo‘yicha o‘zbek so‘m ekvivalentida to‘lov evaziga yetkazib berishi mumkin. Yo‘qolgan yoki kechiktirilgan yetkazib berish uchun Davlat ekologiya qo‘mitasi javobgar emas.

6. Yuqoridagi tender uchun tender taklifingizni:

• 4-bandda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha;

• belgilangan: 2021 yil 29 oktyabr, soat 15:00 (Toshkent vaqti bilan) muddatdan kechiktirmay;

• tender hujjatlarida ko‘rsatilgan bank kafolat hati bilan birgalikda taqdim eting

 

Tender takliflari qabul qilish muddati tugagandan so‘ng darhol fatnashish istagini bildirgan ishtirokchilar vakillari ishtirokida ochiladi.

Tender takliflarini ochish vaqti: 2021 yil 29 oktyabr, soat 15:15 (Toshkent vaqti bilan).

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi.

O‘zbekiston, Toshkent sh. 100032, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘ch., 5 tor, 15 uy.

2-qavatdagi konferentsiya zali

Foydali manbalar