MDHga a’zo davlatlarning Davlatlararo ekologik kengashi yettinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
04.
09. 2021
09:28
4042
Yangiliklar

2021 yil 3 sentyabr sanasida MDHga a’zo davlatlarning Davlatlararo ekologik kengashi yettinchi yig‘ilishi onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi va unda Davlat ekologiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Davlatlararo ekologik kengashi MDH davlatlari o‘rtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ma’lumot va tajriba almashish uchun platforma ekanligini sababli uning ishida O‘zbekiston kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.

Onlayn tadbir doirasida MDHga a’zo davlatlarning Davlatlararo ekologik kengashi 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan ish rejasi hamda 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan ish rejasi muhokama qilindi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan O‘zbekistonda Polimer qadoqlashdan ekologik xavfsiz qadoqlashga o‘tish ishlarining hozirgi holati, O‘zbekistonda issiqxona gazlari tashlanmalari bilan savdo qilish tizimi bo‘yicha tajribasi, O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlarining atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi tajribasi kabi mavzularda axborot berildi.

Tadbir so‘nggida, MDHga a’zo davlatlarning Davlatlararo ekologik kengashi sakkizinchi yig‘ilishini 2022 yil Moskva shahrida tashkil etish kelishildi.

Davlatlararo ekologik kengashi

Davlatlararo ekologik kengashi

Davlatlararo ekologik kengashi

Davlatlararo ekologik kengashi

Davlatlararo ekologik kengashi

Davlatlararo ekologik kengashi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar