Xazon va shox-shabbalarni yoqish - ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi!
19.
08. 2021
10:55
5116
Ekanadzor

Dala va aholi punktlarida ang‘iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o‘simliklarning boshqa qoldiqlari, shu jumladan, g‘alladan bo‘shagan somon poyalarini yoqib yuborish O‘zbekiston Respublikasi «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 20-moddasi, «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuning 4, 24-moddalarining buzilishiga olib keladi.

Ushbu huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi»ning 88-moddasi 3-qismiga asosan:

– fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha;

– mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Undan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2006 yil 25 dekabrda 1647-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan nizomga muvofiq somon yoqilishi sababli ushbu yerdagi tuproq unumdorligining kamayishi oqibatida yetkazilgan zarar summasi majburiy tartibda undiriladi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar