Energetika sohasida atmosfera havosini muhofaza qilish
17.
08. 2021
11:24
4375
Yangiliklar

Respublikada yiliga qariyib 1,0 mln tonna tashlanmalar turg‘un manbalardan tashlanib, shundan, 21,3 foizi energetika sohasi hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ta’kidlash joizki, Energetika vazirligi tasarrufidagi issiqlik elektr stantsiyalaridan atrof-muhitga ta’sirlarni kamaytirish maqsadida 4 tasida chang-gaz tozalash uskunalari modernizatsiya qilinadi hamda 9 ta yirik stantsiyalarning 36 ta ustuvor manbalari tashlanmalarni avtomatik tahlil qiluvchi stantsiyalar bilan jihozlanadi.

Energetika sohasida atmosferaga tashlanmalarni yanada kamaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha yangi loyihalarni ishga tushurish maqsadida:

– joriy yil yakuniga qadar, Navoiy hamda Samarqand viloyatlarida har birining quvvati 100 MVtdan bo‘lgan 2 ta quyosh fotoelektr stantsiyalarini ishga tushurish;

– 2022 yilda, Samarqand va Jizzax viloyatlarida har birining quvvati 220 MVtdan bo‘lgan 2 ta quyosh fotoelektr stantsiyalari;

– 2023 yilda, Buxoro viloyatida umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan 2 ta shamol elektr stantsiyasi hamda Navoiy viloyatida quvvati 200 MVt va Surxondaryo viloyatida quvvati 457 MVt bo‘lgan bo‘lgan quyosh fotoelektr stantsiyalarining qurilishi;

– 2024 yilda, Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stantsiyasini qurish rejalashtirilmoqda.

Natijada, jami ishga tushiriladigan yangi quvvatlar evaziga umumiy 2 797 MVt elektr energiyasi ishlab chiqariladi hamda o‘z o‘zidan, atrof-muhitga yetkazilayotgan zararli gazlarning miqdori bir muncha kamayishiga erishiladi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar