Mahsulotlarni ekologik markirovkalash yo‘nalishida hamkorlik
30.
06. 2021
09:31
4869
Tadbirlar

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari J. Kazbekov va Rossiyaning «Listok jizni» kompaniyasi vakillari o‘rtasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ekologik markirovkalash yo‘nalishida hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib, uning doirasida tomonlar o‘rtasida o‘zaro kelishuv memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandumga binoan tomonlar o‘rtasidagi aloqalarni hamkorlik doirasida kengaytirish borasida quyidagilar ko‘zda tutilgan:

- hamkorlik sohasiga oid ma’lumotlar almashinuvi;
- tomonlar faoliyati bilan bog‘liq va o‘zaro manfaatli masalalar bo‘yicha konsultatsiyalar;
- ushbu Memorandum maqsadlariga erishishga qaratilgan birgalikdagi tadbirlarni rejalashtirish;
- mahsulotlarni ekologik markalash bo‘yicha ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlarni tashkil etish va birgalikda ishtirok etish;
- ekologiya va atrof-muhit sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
- atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha organlarning mutaxassislari uchun malaka oshirishni amalga oshirish.

Mahsulotlarni ekologik markirovkalash yo‘nalishida hamkorlik

Mahsulotlarni ekologik markirovkalash yo‘nalishida hamkorlik

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar