Ikki tomonlama hamkorlik
28.
06. 2021
15:25
4472
Xalqaro hamkorlik

2021 yil 28 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rais o‘rinbosari Islombek Boqijonov va Turkiya Respublikasining atrof-muhit muhofazasi va shaharsozlik vazir o‘rinbosari Fatma Varank o‘rtasida Xalqlararo komissiyasi yig‘ilishi oldidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar:

– shahar va qishloq sharoitida maishiy chiqindilarni boshqarish va qayta ishlash;
– «Nol chiqindi» tizimini amaliyotga tatbiq etish;
– shahar va qishloq sharoitida oqova suvlarni boshqarish va qayta ishlash;
– atmosfera havosini muhofaza qilish va atmosferaga tashlamalarni kamaytirish;
– atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik yo‘nalishida;
– «yashil iqtisodiyot» ga o‘tish tajribasini o‘rganish va uni rivojlantirish;
– muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda ekoturizm va biologik xilma-xillikni saqlash;
– ekologik huquq va ekologik ta’limini rivojlantirishda turk tajribasini o‘rganish sohasida texnik hamkorlik yuritish.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar