Navoiy viloyati. Ekoinspektorlar 320 ming kovrakni asrab qoldi
18.
06. 2021
11:14
4568
Yangiliklar

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspektorlari tomonidan Navoiy viloyatida reyd tadbirlari o‘tkazildi.

«Nursulton asad» MChJ  tomonidan yollangan 70 nafar ishchi (boshqa mamlakat fuqarolari) Nurota shirkat xo‘jaligi cho‘l hududida umumiy hisobda 280 ming tup kovrak atrofini ochib, kesishga tayyorlangani aniqlandi.

Shuningdek, «O‘ralboy ota» MChJ tomonidan yollangan, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidan kelgan 20 nafar fuqaro 40 mingdan oshiq tup kovrak atrofini ochgan. Bu hatti harakatlar noqonuniy ekanligi IIB vakillari ishtirokida tilga olingan MChJ mutasaddilari va ishchilariga tushuntirilib, hududdan chiqarib yuborildi. Xullas, Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan reydlar davomida 320 ming tup kovrak saqlab qolindi.

Kovrakning O‘zbekistonda 50 dan ziyod turi uchraydi. Uning yelim-smolasi xalq tabobatida tomir tortishi, o‘pka sili, o‘lat, zaxm, ko‘k yo‘tal, tish og‘rig‘i, asab va boshqa kasalliklarni davolash uchun, shuningdek, quvvat beruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi va gijja haydovchi malham sifatida qo‘llaniladi.

Sassiq kovrak so‘nggi yillarda yo‘qolib ketish xavfi vujudga kelganligi sababli 2019 yilda «Qizil kitob»ga kiritilgan.

Navoiy viloyati

Navoiy viloyati

Navoiy viloyati

Navoiy viloyati

Navoiy viloyati

Navoiy viloyati

Navoiy viloyati

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar