O‘zbekiston Respublikasida chiqindilarni Koreya tajribasida takomillashtirish
03.
06. 2021
15:21
4799
Xalqaro hamkorlik

2021 yil 3 iyun kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda Koreyaning atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti (KEITI) bilan hamkorlikda «O‘zbekiston Respublikasida chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishni takomillashtirish bo‘yicha bosh rejani ishlab chiqish» loyihasi doirasida yurtimizga Koreya Respublikasining Yooshin Engineering Corporation, Sewon ENE va Hana-TEC kompaniyalari vakillari ikkinichi xizmat safari bilan tashrif buyurishdi. Tashrif joriy yilning 9 iyun sanasigacha davom etadi.

Koreyalik mutaxassislarning safarlari Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari I. Boqijonov boshchiligida Qo‘mita vakillari bilan uchrashuv tashkil etish bilan boshlandi.

Shuningdek safar mobaynida koreyalik mutaxassislar loyiha doirasida istiqbolli investitsion va grant loyihalarni ishlab chiqish maqsadida Farg‘ona hamda Jizzax viloyatlariga tashrif buyurilishi kutilmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar