Samarqand viloyati, Zarafshon milliy tabiat bog‘i. Munosabat
02.
06. 2021
19:28
4780
Yangiliklar

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlar orqali Samarqand viloyati Zarafshon milliy tabiat bog‘ida noqonuniy daraxtlarga ziyon yetkazilayotganligi to‘g‘risida ma’lumot tarqagan edi. Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va Jomboy tumani nazorat inspektsiyasining davlat inspektorlari, viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, havfsiz daryo viloyat bo‘limi, «Samarkandskiy vestnik» gazetasi bosh muharrir o‘rinbosari Anastasiya Pavlenko hamda 3 nafar erkin blogerlar ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar jarayonida avvalo, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 30 noyabrdagi 2020 yilda 05, 06, 07-raqamlari bilan mazkur milliy bog‘ hududidagi yaroqsiz holatga kelib qolgan daraxt va butalarni tegishli tartibda kesish ishlari olib borilgan, shu bilan bir qatorda ushbu milliy tabiat bog‘idagi 12 tup daraxt va butalar 10 nafar fuqarolar tomonidan noqonuniy tarzda kesilganlik holati ham aniqlanib, Zarafshon milliy tabiat bog‘ining nazorat inspektsiyasi inspektorlari tomonidan qonunbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismiga binoan, 2 mln 305 ming so‘m jarima va 5 mln 755 ming so‘m zarar hisoblangan.

Shuningdek, Zarafshon daryosidan noqonuniy olinayotgan qum-shag‘al masalasiga oydinlik kirib o‘tildi. MChS va xavfsiz daryo viloyat bo‘limi ma’sullarining ta’kidlashicha ayni paytda mazkur daryoning qirg‘oq mintaqasini ema balki, daryoning uzanida xavfli deb topilgan xududlarigi ya’ni 2 nuqtasiga qonun taldablari asosida vaqtinchalik ruxsat etilganligi aytib o‘tildi. Daryoda olib borilayotgan qolgan noqonuniy xarakatlar Ekologiya boshqarmasi tomonidan qattiq nazoratga olingan.

Ayni paytda, qonunda belgilangan talablar asosida qo‘shimcha tarzda surishtiruv o‘rganish ishlari olib orilmoqda.

Zarafshon milliy tabiat bog‘i

Zarafshon milliy tabiat bog‘i

Zarafshon milliy tabiat bog‘i

Zarafshon milliy tabiat bog‘i

Zarafshon milliy tabiat bog‘i

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar